Dori vositasining normativ hujjati deyilganda nima tushuniladi?

22.01.2024 1056
Dori vositalarining sifat ko‘rsatkichlari, me’yorlari va sifatini nazorat qilish usullarini, ularning fizik-kimyoviy, fizik, biologik, biokimyoviy, mikrobiologik xususiyatlari va sifatini nazorat qilishning boshqa usullarini o‘z ichiga olgan hujjat - dori vositasining normativ hujjati hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini baholash doirasida ishlab chiqarish sharoitlarini, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini, sifati, samaradorligi va xavfsizligi, qo‘llashda kutilayotgan samaraning inson salomatligi xavfiga nisbatini dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni yoxud mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda ekspertiza ishlari, tekshiruvlar, sinovlar, tahlillar, tadqiqotlar, o‘rganishlar va ilmiy-texnik baholashlarni o‘tkazadi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati